"Manchester Siti" o‘z maydonida mag‘lub bo‘ldi (video)
Angliya premer-ligasining 31-turida “Manchester Siti” o‘z maydonida “Lids”ni qabul qildi.
“Etixad”dagi o‘yin kutilmaganda “shaharliklar”ning 1:2 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi. “Lids”ga g‘alaba keltirgan har ikkala golni ham Styuart Dallas (42', 90') kiritdi. “Siti”ning yagona goliga esa Ferran Torres (76') mualliflik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qiskacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar