“Manchester Siti” “Real” prezidentligiga nomzod Enrique Rikelmeni sudga bermoqchi
"Manchester Siti" hujumchisi Erling Holandning "Real Madrid"ga o‘tishi ehtimoli atrofida janjal ko‘tarildi
"Manchester Siti" hujumchisi Erling Holandning "Real Madrid"ga o‘tishi ehtimoli atrofida janjal ko‘tarildi. "Manchester Siti" rahbariyati Madrid klubi prezidentligiga nomzod Enrique Rikelmeni sudga berish masalasini ko‘rib chiqmoqda.
Insayder Fabrizio Romanoning xabar berishicha, ingliz klubi Holandning ismi va surati saylovoldi kampaniya doirasida ishlatilishidan norozi.
Avvalroq Rikelme saylovda g‘alaba qozongan taqdirda norvegiyalik hujumchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekanini ma’lum qilgandi. Uning Holandda shartnomani sotib olish bandi borligi va futbolchining o‘zi Madrid klubiga o‘tishni xohlayotgani haqidagi bayonoti alohida shov-shuvga sabab bo‘ldi.
Klub va Holand vakillari allaqachon "Real" bilan qandaydir kelishuvlar mavjudligini rad etgan. "Manchester Siti" o‘z va futbolchi manfaatlarini himoya qilishning huquqiy mexanizmlarini o‘rganmoqda. Mavzu yaqin kunlarda davom etishi mumkin.

Izohlar (0)