
"Manchester Siti" "Real" qiziqayotgan futbolchini transferga qo‘ydi
"Manchester Siti"ning hujumkor yarim himoyachisi Raxim Sterling jamoasini o‘zgartirishga yaqin turibdi, deya yozmoqda "The Atletic" nashri.
Manbaning ma’lum qilishicha, "shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola hujum chizig‘ini yangilamoqchi. Qolaversa, jamoa moliyaviy Fair Play qoidalariga amal qilishi kerak.
Angliyalik futbolchi uchun asosiy da’vogar "Real" bo‘lib turibdi. Manchesterliklar Raxim transferidan 100 million evro ishlab olmoqchi.
Avvalroq, "Siti" Xarri Keyn va Jek Grelish xaridi uchun 200 million evro to‘lashga tayyor ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Fikrlar