"Manchester Siti" rekord summaga himoyachi sotib olmoqchi
"Manchester Siti" yozgi transfer paytida transfer rekordini o‘rnatishni rejalashtirmoqda. Bu "TEAMtalk" nashri ma’lum qildi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, "shaharliklar" transfer oynasi vaqtida "Nyukasl" himoyachisi Tino Livramento ni o‘z safiga qo‘shib olishni maqsad qilgan. "Siti" futbolchi uchun 80 million evrodan voz kechishga tayyor. Agar ushbu transfer amalga oshadigan bo‘lsa, Tino jahon futboli tarixidagi eng qimmat qanot himoyachisiga aylanadi.
Ma’lum bo‘lishicha, "qarğalar" Livramento ni jamoada saqlab qolish niyatida. Biroq futbolchi shartnomani uzaytirishdan bosh tortmoqda. U faoliyatida o‘sishga erishish uchun jamoadan ketish niyatida.
23 yoshli futbolchining ayni vaqtda "transfermarkt" portalidagi narxi 40 million evroni tashkil etadi. Uning klub bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Ma’lumot uchun, angliyalik himoyachi joriy mavsum ingliz klubi safida 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani o‘z nomiga yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar