
“Manchester Siti” Reshfordning “Barsa”ga o‘tishiga yordam beradi
“Manchester Yunayted”ga kerak bo‘lmay qolgan Markus Reshford faoliyatini “Barselona”da davom ettirish maqsadida boshqa klublarning takliflarini qabul qilmayapti.
Kataloniyaliklarning ayni paytdagi moliyaviy ahvoli 27 yoshli angliyalik yulduzning transferiga to‘sqinlik qilmoqda.
Lekin Angliyaning amaldagi chempioni “Manchester Siti” ko‘zlagan transferi “Barselona”ga Reshfordni olish imkonini tug‘diradi.
Ma’lum bo‘lishicha, “shaharliklar” ayni paytda “Portu”da o‘ynagan Niko Gonsalesni o‘z safiga qo‘shib olish bo‘yicha muzokara boshladi va bu ishni tez amalga oshirmoqchi.
Niko “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Kataloniyaliklar uni 2023 yilning yozida “Portu”ga transfer qilayotganida o‘yinchining keyingi savdosidan 40 foiz ulush olishga kelishgan.
Niko Gonsales “Manchester Siti”ga o‘tishi bilan, “Barselona”ning g‘aznasiga ham pul tushadi. “Portu” 23 yoshli futbolchisining shartnomasida badal puli miqdori 60 million evro ekani ko‘rsatilgan.
Fikrlar