“Manchester Siti”: Rodrigoni olishimiz boshqa braziliyalikka bog‘liq

  • 13 avgust, 19:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ning braziliyalik hujumchisi Rodrigo Goes shu yoz jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Madrid klubida ikkinchi planga o‘tib qolgan 24 yoshli futbolchi grand klublardan taklif bo‘lsa, qabul qilishga tayyorligini bildirgan.

Tecno

Qimmatbaho o‘yinchi xaridorlari orasida “Manchester Siti” ham bor. Xosep Gvardiola vaziyatga qarab, Rodrigoni olishi mumkinligi aytilmoqda.

Taniqli insayder Fabritsio Romanoning aniqlashicha, Rodrigoning transferi hamyurti Savioga bog‘liq bo‘lib turibdi. Agar “shaharliklar” qanot hujumchisini o‘zlari ko‘zlagan narxga sota olsa, o‘rniga Rodrigoni olishga tayyor.

Hozircha, Savioga “Tottenxem” da’vogarlik qilmoqda. Lekin ular ning 21 yoshli futbolchi uchun 40 million evro taklif qilgani manchesterliklarga ma’qul kelmadi. Muzokaralar davom etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!