«Manchester Siti» safarda «Kristal Pэlas»ni yirik hisobda mag‘lub etdi

  • 29.08.2026 09:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya chempionati ikkinchi turidan o‘rin olgan bahsda «Kristal Pэlas» o‘z maydonida «Manchester Siti»ni qabul qildi.

Uchrashuv faol boshlandi va hisob ancha erta ochildi. 17-daqiqada mehmonlar tezkor hujum uyushtirib, uning yakunini Erling Holann gol bilan yakunladi. Unga hal qiluvchi pasni Antuan Semenyo yo‘lladi.

Tanaffusdan so‘ng ham «Manchester Siti» ustunlikni qo‘ldan boy bermadi. 54-daqiqada Rayan Sherki raqib darvozasini ishg‘ol etdi. Oradan ko‘p o‘tmay Janluidji Donnarumma noxush holatda to‘pni o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi. Keyinchalik Sherki yana bir bor aniq zarba yo‘llab, dubl rasmiylashtirdi. Uchrashuvdagi so‘nggi gol esa 84-daqiqada Holann tomonidan urib kiritildi.

Shu tariqa «Manchester Siti» ikki turdan so‘ng maksimal — olti ochkoni qo‘lga kiritdi. Enco Mareski shogirdlari musobaqani muvaffaqiyatli boshlagan bo‘lsa, «Kristal Pэlas» APL yangi mavsumida ketma-ket ikkinchi marta mag‘lubiyatga uchradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!