
"Manchester Siti" sudda APL ustidan g‘alaba qozondi
“Manchester Siti” Angliya Premer-ligasiga qarshi sudda g‘alaba qozondi. Gap moliyaviy qoidalarni buzganlikda "shaharliklar"ga qo‘yilgan 115 ta ayblov haqida emas, balki klubning Premer-liga qoidalari bo‘yicha arbitraj sudiga aloqador tomonlar bilan bitimlar bo‘yicha murojaati bilan bog‘liq ish haqida bormoqda.
"Manchester Siti" o‘z saytida ishning barcha tafsilotlari sanab o‘tilgan bayonotni e’lon qildi. Qayd etish joizki, Premer-liganing aloqador tomonlar bilan bitimlar tuzish qoidalari noqonuniy deb topildi – ular Buyuk Britaniya qonunchiligiga zid. Premer-liga bu borada o‘z pozitsiyasini suiiste’mol qilgani aniqlandi.
Ta’kidlanishicha, APLning aloqador tomonlar bilan bitimlar tuzish qoidalari sud tomonidan kamsituvchi xususiyatga ega deb topilgan.
Fikrlar