“Manchester Siti” tez kunlarda yana bir katta transferga qo‘l uradi
“Manchester Siti” rahbariyati jamoada kadrlar yetishmaslik muammosi dolzarb ahamiyat kasb etgani bois, yanvar oyining oʻzida bir necha xaridlarni amalga oshirishga qaror qilgan.
Xususan, “shaharliklar” liga toʻpurarlaridan Antuan Semenyoni “Bornmut”dan koʻchirib kelyapti. Bundan tashqari, Xosep Gvardiola himoya chizigʻiga ham yangi ijrochi kelishini kutyapti.
“Manchester Siti” sport boʻlimi “Kristal Pэlas” markaziy himoyachisi Mark Gexini Manchesterga olib kelish harakatini boshladi. Tajribali oʻyinchiga daʼvogarlik qilayotgan “Liverpul” u bilan maosh masalasini kelisha olmaganidan keyin manchesterliklar Mark Gexi aynan Xosep Gvardiola qoʻl ostiga kelishiga ishonya bildiryapti.
Mirror nashri bergan maʼlumotlarga qaraganda, “shaharliklar” yaqin kunlarda Gexining transferini 30 million funtga (taxminan 34,5 million yevro) rasmiylashtira olishi kutilyapti.
25 yoshli himoyachi Mark Gexining oʻzi ham jamoa tanlashda Xosep Gvardiola qoʻl ostida ishlashga moyil ekani ochiqlandi.
Joriy mavsumda Gexi barcha musobaqalarda 32 ta oʻyin oʻtkazib, 3 ta gol va 4 ta assist muallifi boʻldi. Uning klub bilan shartnomasi 2026 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt maʼlumotlariga koʻra, futbolchining bozor qiymati 55 million yevroni tashkil qiladi.
Fikrlar