“Manchester Siti” to‘qqiz nafar futbolchisiz qoldi
Ushbu uchrashuv davomida ikki nafar muhim himoyachi — Yoshko Gvardiol va Ruben Diash jarohat oldi. Shu tariqa, Xosep Gvardiola endi bir vaqtning o‘zida to‘qqiz nafar futbolchiga tayana olmaydi, deb xabar berdi City Xtra.
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola tarkib bilan bog‘liq juda jiddiy muammolarni boshidan kechirmoqda. “Chelsi”ga qarshi uchrashuvda “shaharliklar” yana o‘yinchi yo‘qotdi.
Jarohat yoki boshqa sabablar tufayli jamoaga yordam bera olmayotganlar ro‘yxatidan Savio, Oskar Bobb, Jon Stounz, Niko Gonsales, Mateo Kovachich, Rayan Ayt-Nuri va Umar Marmush ham o‘rin olgan.
So‘nggi ikki nafar futbolchi o‘z terma jamoalari safiga Afrika millatlar kubogi uchun yo‘l olgan.
7 yanvar kuni "Manchester Siti" Premyer-liganing 21-turi doirasida o‘z maydonida “Brayton”ni qabul qiladi.
Fikrlar