"Manchester Siti" va UEFAning ko‘ngli to‘ldi. Yakuniy qaror bir oy ichida e’lon qilinadi

  • 10 iyun, 2020, 21:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lozannadagi Xalqaro sport arbitraj sudi (CAS) UEFAning “Manchester Siti”ni moliyaviy feyr-pley qoidasini buzgani uchun 2 yilga evrokuboklardan chetlatgani haqidagi qaroriga qarshi berilgan apellyatsiyani ko‘rib chiqmoqda.

Tecno

CAS tarqatgan xabarga ko‘ra, jarayondagi ikkala tomon – “Manchester Siti” va UEFAning ko‘rsatmalardan ko‘ngli to‘lgan. Endi Xalqaro sport arbitraj sudi ushbu ish bo‘yicha yakuniy qarorni iyul oyining birinchi yarmida e’lon qiladi.

“Manchester Siti” ayni damda APL musobaqa jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. Xosep Gvardiola jamoasi karantindan keyingi ilk bahsni 17 iyun kuni “Arsenal”ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!