"Manchester Siti" yorqin iste'dodni qo'lga kiritdi
«Lill» jamoasi yarim himoyachisi Ayub Buaddi «Manchester Siti» safiga o‘tish arafasida turibdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, «shaharliklar» 18 yoshli marokashlik futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan. Yangi bitim 2031 yilgacha mo‘ljallangan.
Insayder Nikolo Skira xabar berishicha, klublar o‘rtasidagi muzokaralar ham yakuniy bosqichga kirgan va yaqin kunlarda to‘liq kelishuv e’lon qilinishi kutilmoqda.
Avvalroq marokashlik yosh iste’dod uchun «Manchester Siti» 80 million evroidan ortiq to‘lov amalga oshirishi mumkinligi haqida ma’lumotlar tarqalgan edi.
Ayub Buaddi «Lill» asosiy jamoasi tarkibida 96 ta o‘yin o‘tkazgan. U shu vaqt mobaynida to‘rtta golli uzatma muallifiga aylangan.
Yaqinda o‘tgan jahon chempionatida ham havbek Marokash terma jamoasi sharafini himoya qildi – u beshta uchrashuvning barchasida maydonga asosiy tarkibda tushdi.

Fikrlar