"Manchester Siti" zo'r futbolchini kutyapti
Angliyaning yetakchi klublaridan biri — «Manchester Siti» portugaliyalik yarim himoyachi-vinger, «Chelsi» futbolchisi Pedru Netuni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar bermoqda Football Insider nashri o‘z manbasiga tayanib.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, 26 yoshli Netuning «Siti»ga o‘tishi, avvalo, braziliyalik Savioning kelajagiga bog‘liq. Savinyo «Manchester Siti»ni tark etib, faoliyatini «Tottenxem»da davom ettirishni istamoqda. London klubi uni qo‘lga kiritish uchun avval ham urinib ko‘rgan.
«Siti» rahbariyati Netuni Saviyoga munosib almashuv sifatida ko‘rmoqda. Ehtimoliy transferning asosiy tashabbuskori sifatida jamoaning yangi bosh murabbiyi Enzo Mareska tilga olinmoqda. U avvalroq portugaliyalik futbolchi bilan «Chelsi»da birga ishlagan.
Xabar qilinishicha, manchesterliklar allaqachon Netuning vakillari bilan aloqa o‘rnatgan, biroq hozircha «Chelsi» bilan rasmiy muzokaralar boshlanmagan.
Taxminlarga ko‘ra, londonliklar Pedru Netu uchun taxminan 70 million funt talab qiladi. 2024 yilda «Chelsi» uni «Vulverxempton»dan 54 million funt atrofidagi summa evaziga sotib olgan edi. Portugaliyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2031 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar