"Manchester Siti"da jiddiy yo‘qotish. Gvardiola jamoaning asosiy futbolchisi "Real"ga qarshi o‘yinda maydonga tushmasligini aytdi
"Manchester Siti" Evropa Chempionlar ligasi nimchorak final javob bahsida "Real" bilan kuch sinashadi. mazkur bellashuv oldidan angliyaliklar safida jiddiy yo‘qotish mavjud. Bu haqda klub bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ma’lum qildi.
Murabbiyning aytishicha, Serxio Aguero "Real"ga qarshi javob o‘yinini o‘tkazib yuboradi. Chunki unda jarohat bor.
Eslatib o‘tamiz, "Real" - "Manchester Siti" uchrashuvida mehmonlar Madridda 2:1 hisobida g‘alaba qozonishgandi. Javob bahsi 7 avgustga belgilangan.

Fikrlar