“Manchester Siti”da katta yo‘qotish

  • 24 dekabr, 2022, 20:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti”ga Qatardagi jahon chempionati qimmat tushdi. Xosep Gvardiola mundialda jarohat olgan markaziy himoyachi Ruben Diash xizmatidan foydalana olmaydigan bo‘ldi.

Portugaliya terma jamoasi safida mundialda qatnashgan futbolchi tizza osti bog‘lamlarini shikastlab olgan va oyoqqa turishi uchun bir oy atrofida vaqt kerak bo‘ladi.

25 yoshli himoyachi joriy mavsumda Angliya premer-ligasida 12 ta uchrashuvda maydonga tushgan edi.

Diash “Manchester Siti”ga 2020 yili olib kelingan va klub bilan 2027 yilning yarmigacha shartnoma imzolagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!