"Manchester Siti"ning e’tibori "Bavariya" yulduziga tushdi

  • 04.07.2022 12:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Manchester Siti” o‘z safini “Bavariya” yulduzi bilan kuchaytirishi mumkin.

Jurnalist Fabritsio Romanoning ta’kidlashicha, "shaharliklar" Myunxen klubining yarim himoyachisi Serj Gnabrini nishonga olgan. O‘z navbatida frantsiyalik futbolchi ham nemis grandi bilan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortib kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Gnabrining "Bavariya" bilan shartnomasi keyingi mavsum oxirida yakuniga etadi. Agar futbolchi shartnomasini yangilamasa, erkin agent sifatida jamoani tark etish huquqiga ega bo‘ladi.

Avvalroq, Gnabri Angliya premer-ligasida o‘ynagan va u erda "Arsenal" hamda "Vest Bromvich" klublari sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!