
“Manchester Siti”ning ishi qimmatga tushadigan bo‘ldi
“Manchester Siti” 2023 yilning yozida o‘z tarbiyalanuvchisi Koul Palmerni raqib jamoa – “Chelsi”ga 47 million evro evaziga sotib yubordi.
Manchesterliklar o‘z qarorini yosh o‘yinchining asosiy tarkibga kirish imkoniyati yo‘qligi bilan izohladi.
Biroq London klubiga o‘tganidan keyin hujumkor futbolchi o‘tgan mavsumda Angliya Premer-ligasining eng yorqin o‘yinchilaridan bo‘ldi.
Palmer yangi mavsumda ham eng samarador o‘yinchilardan bo‘lib turibdi. Londonliklar u bilan kelishuvni o‘ylab o‘tirmay, 2033 yilgacha uzaytirib ham bo‘ldi.
Football Insider nashrining yozishicha, “Manchester Siti” 22 yoshli o‘yinchini sotib yuborib, katta xatoga yo‘l qo‘yganini anglab etgan. Endi “shaharliklar” Koulni ortga qaytarmoqchi. Ular bu futbolchi yozda jamoani tark etadigan Kevin de Bryuyne o‘rnini egallashini istayapti.
Buning uchun manchesterliklar 90 million evroga baholanayotgan Palmer uchun 150 million evro to‘lashga tayyorligi aytilyapti.
Fikrlar