“Manchester Siti”ning yana bir yulduziga chiqish eshigi ochildi

  • 11 avgust, 11:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning “Tottenxem” klubi yozgi transferlar oynasi yopilguniga qadar tarkibini Angliya Premer-ligasidagi raqibi “Manchester Siti” futbolchisi bilan kuchaytirmoqchi.

Tecno

Taniqli insayder Fabritsio Romanoga ko‘ra, “shporlar” nishoniga “shaharliklar”ning braziliyalik hujumchisi Savio tushgan.

Manbaning ta’kidlashicha, tomonlar Savi transferi bo‘yicha muzokaralarni boshlab yubordi. Braziliyalik iqtidor egasi muntazam o‘yin amaliyoga ega bo‘lish uchun Londonga ko‘chib o‘tishga qarshi emas.

Qolaversa, “Tottenxem” bosh murabbiyi Tomas Frank Savio transferini shaxsan qo‘llab-quvvatlamoqda va u bilan ishlash imkoniyatidan mamnun.

Savio 21 yoshda. U Evropada 2022 yildan beri faoliyat yuritmoqda. “Atletiko Mineyro” klubi tarbiyalanuvchisi Niderlandiyaning PSV va Ispaniyaning “Jirona” kabi jamoalarida o‘ynagan.

O‘tgan mavsumda Savio “Manchester Siti” tarkibida barcha musobaqalarda 48 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi. Transfermarkt portaliga ko‘ra, uning transfer qiymati €50 millionni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!