Manchester superklubi kutilmagan transfer uchun “Real”ga 200 million yevro toʻlaydi

  • 28.12.2025 11:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real”ni o‘tgan yozda Xabi Alonso qabul qilib olganidan keyin ispaniyalik mutaxassis qo‘llayotgan o‘yin uslubiga ko‘nika olmayotgan Jud Bellingem jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

Angliya Premier-ligasidagi mavqeini tiklashgan urinayotgan “Manchester Yunayted” rahbariyati jamoaga yetakchilik qila oladigan mahorat o‘yinchi qidirmoqda. Manchesterliklar ana shu maqsadni amalga oshirish uchun “Real”ga 22 yoshli yarim himoyachi Jud Bellingem transferi bo‘yicha 200 million yevro miqdorida taklif tayyorlamoqda.

Ruben Amorim jamoasi bu transferni 2026 yilning yozida amalga oshirishni mo‘ljallayapti.

OK Diario nashri xabariga ko‘ra, angliyalik pleymeyker “Qirollik klubi” sotuvga qo‘yishni rejalashtirgan besh futbolchidan biri hisoblanadi.

Bellingem “Real”ga 2023 yilning yozida Dortmundning “Borussiya” klubidan ko‘chib o‘tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha davom etishi belgilangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 160 million yevroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!