
“Manchester Yunayted” 100 million evroga hujumchi oladi
“Manchester Yunayted” rahbariyati “Ayaks”ning braziliyalik hujumchisi Antonini o‘z safiga qo‘shib olish uchun amsterdamliklarga 100 million evro taklif qiladigan bo‘ldi. Bu haqda Footmercato nashri xabar tarqatdi.
Manbaning ta’kidlashicha, “Ayaks” ham o‘z futbolchisini qo‘yib yuborishga rozi bo‘lgan. Aslida Niderlandiya klubi braziliyalik hujumchini shu summaga baholayotgan edi.
“Ayaks” ayni paytda Antoni o‘rniga boshqa forvard qidira boshladi. Taklif qilinadiganlar ro‘yxatida ilgari amsterdamlik safida o‘ynagan “Chelsi” vakili Hakim Ziesh va “Roma”ga kerak bo‘lmay qolgan Jastin Klyuyvert ham bor.
Antoni o‘tgan mavsumda “Ayaks” safida 33 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga 12 ta gol va 10 ta assist rasmiylashtirgan.
Fikrlar