"Manchester Yunayted" Angliya terma jamoasi a’zosi uchun 45 mln evro taklif qilmoqda

  • 19.06.2019 12:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" klubi hamon "Lester" himoyachisi Garri Maguayrning transferi borasida ishlarni davom ettirmoqda.

ESPN nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qizil iblislar” 26 yoshli futbolchi uchun 45 mln evro to‘lashga tayyor, ammo “tulkilar” uni 90 mln evroga baholashmoqda.

Ma’lumot uchun, Maguayr ortda qolgan mavsum “Lester” safida 32ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z nomiga 3ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!