
"Manchester Yunayted" APLning yakka peshqadamiga aylandi
Angliya Premer-ligasining qoldirilgan birinchi tur o‘yinida "Manchester Yunayted" "Byornli" bilan bellashdi.
O‘yin "qizil iblislar"ning ustunligida kechdi. 71-daqiqada Pol Pogba Markus Reshfordning uzatgan pasini to‘xtatmasdan darvozaga yo‘llab, jamoasiga g‘alaba olib keluvchi golni kiritdi.
G‘alabadan so‘ng MYu APL turnir jadvalida 36 ochko bilan yakka peshqadamga aylanib oldi, "Byornli" 16 ochko bilan 16-o‘rinda qoldi.
O‘yin saytimiz orqali matnli translyatsiya qilindi.
Fikrlar