“Manchester Yunayted” “Ayaks” futbolchisiga katta pul taklif qildi

  • 7 iyul, 2022, 13:55
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” “Ayaks” hujumchisi Antoni uchun 60 million evro taklif qildi, deya xabar beradi “Goal.com” nashri.

Ammo Amsterdam klubi 22 yoshli braziliyalik uchun kamida 80 million evro talab qilmoqda.

Qayd etilishicha, hujumchining agentlari Amsterdam klubiga “Manchester Yunayted” taklifini qabul qilish uchun bosim o‘tkazmoqda.

Antonining o‘zi ham mankunianliklar safiga o‘tmoqchi ekanligini ma’lum qilgan, ammo shunday bo‘lsa-da, muzokaralar juda ham qiyin kechmoqda.

Forvard o‘tgan mavsumda "Ayaks" safida barcha turnirlar doirasidagi 33 o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol va 10 ta golli uzatmani o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan. Hujumchining amsterdamliklar bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!