“Manchester Yunayted” baribir qimmat to‘purar oladigan bo‘ldi

  • 19.12.2024 19:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted”ning yangi bosh murabbiyi Ruben Amorim tarkibda jiddiy o‘zgarishlar qilishni rejalashtirmoqda.

Klub rahbariyati yanvarda Markus Reshfordni sotib yuboradigan bo‘ldi. Manchesterliklar hujum chizig‘iga yangi to‘purar sifatida Randal Kolo-Muanini olib kelmoqchi.

Frantsiyalik futbolchini PSJ katta umidlar bilan 2023 yil yozida o‘z safiga qo‘shib olgan edi. Parijliklar to‘purar uchun “Ayntraxt”ga 95 million evro to‘lagan.

Lekin PSJga Luis Enrike bosh murabbiy etib tayinlanganidan keyin Randal asosiy tarkibga kiritilmadi.

Kolo-Muanining o‘zi ham muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun qishki  transferlar vaqtida boshqa klubga o‘tishga tayyor. PSJ ham uning yo‘lin to‘smoqchi emas.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!