“Manchester Yunayted” “Barsa”ning bo‘lajak yulduzini olmoqchi

  • 2 aprel, 2024, 21:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Manchester Yunayted” jamoa tarkibini “Barselona”ning yangi avlod futbolchilari yordamida kuchaytirmoqchi.

Manchesterliklar nishoniga kataloniyaliklarning senegallik himoyachisi Mikoil Faye tushdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, “Manchester Yunayted” skautlari bir necha oydan beri futbolchini kuzatib kelmoqda. Faye yaqinda Senegal va Gabon terma jamoalari o‘rtasidagi bashda xalqaro miqyosdagi debyutini nishonladi.

Manchesterlik skautlar kelgan ushbu o‘yinda himoyachi Gabon terma jamoasi darvozasiga chiroyli gol urishga ham erishdi.

Ayni paytda bu futbolchiga “Bayer” va “Inter” ham ko‘z tikmoqda. “Barselona” mutasaddilari qishki transferlar vaqtida “Nitstsa” va “Lans”ning 13 million funtlik taklifini qabul qilmagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!