«Manchester Yunayted» «Barselona» himoyachisini ko‘zlamoqda

  • 25.08.2026 13:26
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona» klubi tarkibida to‘p surib kelayotgan yosh chap qanot himoyachisi Alehandro Bal’de yaqin vaqtlarda Angliya chempionatiga yo‘l olishi mumkin. ESPN nashrining xabar berishicha, futbolchiga «Manchester Yunayted» jiddiy qiziqish bildirmoqda.

 

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, «MYu» Bal’dеni ijara asosida o‘z safiga qo‘shib olish variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Shu bilan birga, kelishuv shartnomasida futbolchini keyinchalik to‘liq sotib olish imkonini beruvchi maxsus band bo‘lishi kutilmoqda.

 

«Barselona» esa o‘z tarbiyalanuvchisi uchun taxminiy narx belgilab bo‘lgan. Kataloniya klubi Bal’dеni 30–40 million yevro atrofidagi summa evaziga sotishga tayyor ekani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!