"Manchester Yunayted" "Bavariya" futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

  • 04.04.2023 13:44
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

"Bavariya" o‘ng qanot himoyachisidan ayrilishi mumkin.

Frantsiyalik himoyachi Benjamen Pavarning klubdagi o‘rnidan noroziligi haqida xabar berilgan edi. Himoyachi yangi murabbiy Tomas Tuxel kelishi bilan asosiy tarkib futbolchisi bo‘lishga ishonmayapti.  Shu sababli Pavar endi faoliyatini davom ettirish uchun turli variantlarni ko‘rib chiqmoqda.

Ulardan biri Angliya premer-ligasining top klublaridan biri "Manchester Yunayted". Bu haqda "The Athletic" nashri xabar bermoqda. Benjamin 2019 yilda "Shtutgart"dan o‘tgandan beri Myunxen klubida o‘ynamoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!