“Manchester Yunayted” Benzemadan yuz o‘girdi

  • 16 yanvar, 2024, 18:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistoni Professional ligasida “Al-Ittihod” jamoasi sharafini himoya qilayotgan Karim Benzema klubdan ketish payida yuribdi.

36 yoshli hujumchi klub rahbariyati bilan kelisha olmay qolgan. Bosh murabbiy Marselo Gallardor mashg‘ulotlarga kelmagan mashhur forvardni jamoadan chetlatgan va Dubaydagi yig‘inga qo‘shmagan.

Bu vaziyat Evropaning bir necha klublari e’tiborini tortda. Ko‘p gol ura oladigan hujumchiga ehtiyoj sezayotgan “Manchester Yunayted” frantsiyalik to‘purarni mavsum oxiriga qadar ijaraga olmoqchi edi.

Talksport nashrining xabar berishicha, “Manchester Yunayted” mutasaddilari yiliga 100 million evro maosh olayotgan futbolchidan qisqa muddat foydalanish g‘oyasi o‘zini oqlamaydi, degan xulosaga kelgan.

Benzema saudiyaliklar safiga o‘tganidan beri 24 ta uchrashuvda raqib darvozasini 15 marotaba ishg‘ol qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!