“Yunayted”ning munosabati Erik ten Xagga yoqmadi

  • 30 mart, 2022, 12:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Ayaks” bosh murabbiyi Erik ten Xag “Manchester Yunayted” rahbariyatining munosabatidan xafsalasi pir bo‘ldi.

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyligiga asosiy da’vogarlardan bo‘lgan niderlandiyalik mutaxassis yaqinda klub suhbatidan o‘tdi. U “Manchester Yunayted” mutasaddilari hozirgacha  rasmiy shartnoma taklif qilmaganidan xafsalasi pir bo‘lganini ta’kidladi.

Mirror nashri esa Erik ten Xag bu vaziyatda o‘zini tahqirlangandek his qilganini yozmoqda.

“Manchester Yunayted” rahbariyati esa nomzod murabbiylarning barchasi bilan suhbat o‘tkazganidan keyin ularning birini tanlashi haqida ma’lum qilgan.

Nomzodlar orasida Maurisio Pochettino, Xulen Lopetegi, Luis Enrike va Roberto Manchini kabi mutaxassislar bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!