"Manchester Yunayted" "Borussiya Dortmund" vingerini nishonga oldi

  • 13.11.2025 18:30
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi Dortmundning "Borussiya" klubi futbolchisi Karim Adeyemini sotib olishi mumkin.

"Bild" nashri bergan xabarlarga qaraganda, "arilar" germaniyalik futbolchini jamoada olib qolishga harakat qilayotganiga qaramay, Adeyemi yangi shartnomaga imzo chekishga shoshilmayapti. Ta’kidlanishicha, klub rahbariyati  Karimning tovon puli 80 million evrodan kam bo‘lishi kerakligi bandini kiritish talabini qabul qilmayapti. Shu sababdan futbolchi boshqa variantlarni ko‘rib chiqishni ma’qul ko‘rmoqda. Uning agenti Jorje Mendesh allaqachon "Manchester Yunayted" bilan muzokaralar o‘tkazgan. Biroq ingliz klubining niyati qanchalik jiddiy ekani hali noma’lumligicha qolmoqda.

Ma’lumot uchun, 23 yoshli futbolchi joriy mavsum barcha turnirlarda umumiy 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 5 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!