
“Manchester Yunayted”: Bu o‘yinchi uchun 100 million evro to‘lamaymiz!
“Manchester Yunayted” hujum chizig‘ini A Seriya to‘purari Viktor Osimxen bilan kuchaytirishni rejalashtirgan edi.
“Napoli” mutasaddilari 24 yoshli futbolchi uchun manchesterliklardan 100 million evro talab qildi. Ma’lumotlarga qaraganda, “Manchester Yunayted” nigeriyalik to‘purar bu summaga tortmasligini ta’kidlab, neapolliklar so‘ragan pulni berishga ko‘nmagan.
Agar “Napoli” muzokaralar chog‘ida talabini pasaytirmasa, Angliya klubi oldingi chiziqqa boshqa futbolchilarni saralay boshlaydi.
Avvalroq, “Real” rahbariyati Viktor Osimxen uchun 60 million evro taklif qilgandi. “Napoli” bu so‘rovni ham qabul qilmagan.
Fikrlar