"Manchester Yunayted" De Xea o‘rniga Xorvatiyadan darvozabon topib qo‘ydi

  • 25 avgust, 2019, 12:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Zagrebning "Dinamo" klubi darvozaboni Dominik Livakovich "Manchester Yunayted"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

Tecno

The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qizil iblislar” 24 yoshli xorvatiyalik posbonni kelajakda David De Xeaga munosib o‘rinbosar bo‘lishiga ishonishmoqda. Ta’kidlash kerakki, MYu skautlari Livakovichni joriy hafta Chempionlar ligasi saralashidan o‘rin olgan “Rusenborg”ga qarshi o‘yinda kuzatib borishdi.

Ma’lumot uchun, Livakovichning “Dinamo” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan. Uning transfer narxi esa 3 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!