"Manchester Yunayted" De Xeaga raqobatchi topdi

  • 16 iyun, 2023, 18:30
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Inter” darvozaboni Andre Onana faoliyatini “Manchester Yunayted”da damom ettirishi mumkin.

Tecno

"The Guardian" nashri xabariga ko‘ra, David De Xeaning beqaror o‘yinlari fonida "Manchester Yunayted" kamerunlik futbolchiga qiziqish bildirmoqda. Shuning uchun ham bosh murabbiy Erik ten Xag ispaniyalik darvozabonga raqib olmoqchi.

Qayd etilishicha, Onananing o‘zi ham “qizil iblislar”ga o‘tishga qarshi emas.

Avvalroq, 27 yoshli darvozabonga Londonning "Chelsi" klubi ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. 

Eslatib o‘tamiz, Onana o‘tgan mavsum "Inter" safida A Seriyaning 24 bahsida maydonga tushib, 24 ta gol o‘tkazib yubordi va 8 uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!