"Manchester Yunayted" futbolchisi mavsumni A Seriya grandi safida o‘tkazishi mumkin

  • 28.09.2020 12:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Andreas Pereyra yozgi transferlar oynasi yopilgunicha "Latsio"ga o‘tishi mumkin.

Italiyalik jurnalist Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, A Seriya grandi 24 yoshli braziliyalik futbolchini ijaraga olish bo‘yicha muzokaralarni ijobiy yakunlash arafasida turibdi.

Pereyra 2011 yildan buyon MYu tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2014 yilning avgustida asosiy jamoada debyut qilgan. O‘tgan davr mobaynida “qizil iblislar” safida jami 75 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol hamda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Bundan tashqari, ma’lum muddat "Granada" va "Valensiya" klublarida ijarada ham o‘ynadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!