"Manchester Yunayted" hamon De Xea bilan til topisha olmayapti
"Manchester Yunayted" klubi rahbariyati jamoaning asosiy darvozaboni hisoblangan David De Xea bilan amaldagi shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmayapti.
Evening Standard nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 28 yoshli ispaniyalik posbon yangi shartnomaga ko‘ra “qizil iblislar”dan yiliga 29 mln evro maosh olishni xohlamoqda. Qayd etish lozimki, MYuda bunday maoshni faqatgina chililik hujumchi Aleksis Sanches oladi.
O‘z navbatida mankuanliklar De Xeaga yilga 20,3 mln evrodan ko‘proq maosh to‘lashmoqchi emas.
Eslatib o‘tamiz, David De Xeaning “Manchester Yunayted” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakuniga qadar imzolangan. Biroq, MYuda ushbu shartnomani yana bir yilga uzaytirish huquqi mavjud.



Fikrlar