
"Manchester Yunayted" himoya chizig‘iga yana "Real"dan futbolchi olmoqchi
"Real" himoyachisi David Alaba Angliya chempionatining top-klublaridan biriga o‘tishi mumkin. Bu haqda "Todofichajes" nashri xabar bermoqda.
Manba bergan xabarga ko‘ra, "Manchester Yunayted" 31 yoshli futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. "Qizil iblislar" tarkibga tajribaliroq himoyachi olib kelmoqchi. Bunga sabab mankunianliklar rahbariyati jamoaning bu mavsumdagi himoya chizig‘idan norozi. Alaba esa, eng ma’qul variantlardan biri sifatida ko‘rilmoqda.
Agar bu transfer amalga oshsa, u "Real"dan "Manchester Yunayted"ga o‘tgan uchinchi futbolchiga aylanishi mumkin. Oldinroq himoyachi Rafael Varan va yarim himoyachi Kazemiro "Old Trafford"ga o‘tgandi.
Alabaning "qirollik klubi" bilan mehnat shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar tuzilgan. Futbolchining transfer narxi 40 million evro.
Fikrlar