“Manchester Yunayted” himoyani ikki yil o‘ynamagan futbolchiga topshirmoqchi
“Manchester Yunayted” himoyachisi Lyuk Shouning jarohati jamoaga qimmatga tushmoqda. Tekshiruvlar Shou uzoq muddatga safdan chiqqani ko‘rsatdi.
Endi Erik ten Xag bu futbolchining o‘rnini bosadigan o‘yinchi topishi kerak. Niderlandiyalik mutaxassis Teyrell Malasiya xizmatidan ham foydalana olmaydi. U mavsumoldi tayyorgarlik jarayonida shikastlangan.
Hozir “Manchester Yunayted”da chap qanotda 20 yoshli Alvaro Fernandes bor xolos.
Klub “Chelsi” va “Sautgempton”ning sobiq futbolchisi Rayan Bertranga qisqa muddatli shartnoma taklif qilmoqchi.
34 yoshli himoyachi so‘nggi bor Angliya Premer-ligasida 2021 yilning oktyabrida to‘p tepgan. Keyinchalik u og‘ir jarohat olib, oyog‘ini operatsiya qildirdi.
O‘tgan mavsumda Bertranni “Lester” o‘z safiga qo‘shib olgandi. Biroq, asosiy tarkibda biror marta maydonga tushirilmagan o‘yin yozda erkin agentga aylandi.

Fikrlar