
“Manchester Yunayted” Ibragimovichning hamyurtini olib kelmoqchi
“Manchester Yunayted” Lissabonning “Benfika” klubi bilan shvetsiyalik himoyachi Viktor Lindelof borasida muzokaralar olib bormoqda.
Sky Sports nashrining ma’lum qilishicha, “qizil iblislar” Viktorning transferi borasida lissabonliklar prezidenti Luis Felipe Vieyra bilan gaplashishgan va uning qishki transfer davrida sotib olishni muhokama qilishgan.
Aytish kerakki “MYu” 22 yoshli futbolchi uchun 45 million evro to‘lashga tayyor.
Yaqinda boshlanadigan Afrika millatlar kubogi sabab Erik Bayi “MYu”ga bir oz vaqt yordam bera olmaydi. Qolaversa, Markos Roxoning nobarqaror o‘yini va Fil Jonsning tez-tez jarohat olayotgani Joze Mourinyuni o‘ylantirmoqda. Portugaliyalik mutaxassis yuqoridagi kamchiliklarni aynan Viktor Lindelof bilan to‘ldirishi kutilmoqda.
Fikrlar