“Manchester Yunayted” ikki yulduzning chiqish transferini blokladi
“Manchester Yunayted” rahbariyati jamoaning ikki o‘yinchisi – yarim himoyachi Kobbi Maynu va hujumchi Joshua Zirkzeening qishki transferlar davrida klubni tark etishiga ruxsat bermadi.
Kuchga to‘lgan bu navqiron futbolchilar doimiy o‘yin amaliyoti berilmayotganini ro‘kach qilib, klub xo‘jayinlaridan yanvarda ketishga ruxsat so‘ragan edi.
“Manchester Yunayted” bu o‘yinlarning ijaraga o‘tishiga ham, to‘liq transfer qilishiga ham yo‘l bermaydigan bo‘ldi.
Chunki ular Maynu va Zirkzee qishda Amad Diallo va Brayan Mbeumo o‘z mamlakatlari terma jamoalari safida Afrika Millatlari kubogi musobaqasida ishtirok etish uchun ketganida bosh murabbiy Ruben Amorimga kerak bo‘ladi.
Har ikki futbolchi keyingi paytda murabbiylar ishonchini va buning ortidan asosiy tarkibdagi joyini yo‘qotgan. Ular doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun boshqa klublarga o‘tishni rejalashtiryapti.



Fikrlar