"Manchester Yunayted" ispaniyalik yarim himoyachiga qiziqish bildirmoqda

  • 20 iyul, 2024, 16:26
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" tarkibni kuchaytirishda davom etadi. Klubning keyingi maqsadi yarim himoyachi bilan shartnoma imzolashdir. Buning uchun klub o‘z ro‘yxatiga "Real Sosedad" a’zosi Martin Subimendini ham qo‘shib qo‘ydi, deya xabar bermoqda "The Telegraph" nashri. 

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu transfer amalga oshishi uchun Manuel Ugarte "qizil iblislar" taklifini rad qilish kerak bo‘ladi. Urugvaylik futbolchi esa shaxsiy shartlar bo‘yicha klub bilan kelishib olgan. Ayni paytda PSJ bilan muzokaralar davom etmoqda. 

Subimendi ancha paytdan beri "Barselona" radarigadgi tayanch yarim himoyachisi hisoblanadi. Ammo Kataloniya klubi bu yozda uni o‘z tarkibiga qo‘shib olishga harakat qilayotgani yo‘q. Ispan grandi Niko Uilyams va Dani Olmo transferlari ustida ishlamoqda. 

Arsenal rejected! Martin Zubimendi not interested in joining Mikel Arteta's  team as midfielder puts two clubs ahead of Gunners ahead of possible summer  transfer | Goal.com

25 yoshli futbolchi yakuniga etgan mavsum "Real Sosedad" uchun 45 ta o‘yinda maydonga tushishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, Evroda ishtirok etib, Ispaniya bilan chempion bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!