"Manchester Yunayted" Italiya klubi futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 8 noyabr, 2020, 17:25
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyaning "Milan" klubi yarim himoyachisi Xakan Chalxanoglu faoliyatini boshqa chempionatda davom ettirishi mumkin. Bu haqda Football Italia nashri xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, Xakan Chalxanoglu va "Milan" klubining shartnomani uzaytirish borasidagi muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirib qolgan. Chunki milanliklar xavbek uchun yiliga 5 million evro maosh berishga tayyor emas. 

Futbolchining agenti mijozini Evropaning top klublariga taklif qilmoqda. Ular orasida eng yaxshiroq variant "Manchester Yunayted" bo‘lib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!