«Manchester Yunayted» «Lester»ning 18 yoshli yarimhimoyachisini transferi ustida ishlamoqda
«Manchester Yunayted» 18 yoshli «Lester» yarim himoyachisi Lui Peyjni oʻz safiga qoʻshib olish boʻyicha muzokara olib bormoqda. Bu haqida BBC xabar berdi.
Lui Peyj Angliya Premier-ligasidan tashqari eng istiqbolli yosh futbolchilardan biri sifatida baholanmoqda. Oʻtgan mavsumda u Angliya futbol ligasida yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi deb topilgan.
Yosh futbolchi «Lester» asosiy tarkibida 21 ta oʻyin oʻtkazgan. Oʻtgan mavsumda u Chempionshipni tark etgan jamoa safida 5 marta asosiy tarkibda maydonga tushgan. Lui Peyjga «Arsenal» va «Aston Villa» ham qiziqish bildirmoqda.
Mutaxassislar uning transfer qiymatini taxminan 4 million yevro atrofida baholamoqda.
Bundan avval «Lester» yana bir iqtidorlu futbolchisini yoʻqotgan edi: 17 yoshli hujumchi Jeremi Monga «Manchester Siti» klubiga oʻtdi.

Fikrlar