"Manchester Yunayted" maqsadiga erishishga yaqin
Dortmundning "Borussiya" jamoasi futbolchi Jeydon Sancho bilan yozgi transfer vaqtida xayrlashishga tayyor. Bu haqda Sport yozmoqda.
"Borussiya" rahbariyati moliyaviy ahvolini yaxshilash uchun angliyalik yarim himoyachini "Manchester Yunayted"ga sotishga qaror qilgan.
Mankunianlar Sancho uchun yaxshigina pul to‘lashi kerak bo‘ladi. Sababi, "arilar" vinger transferidan kamida 100 million evro ishlab olmoqchi. Joriy mavsum Jeydon 16ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan hamda 9ta golga assistentlik qilgan.

Fikrlar