"Manchester Yunayted" mashg‘ulotlarni bekor qildi
Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi koronavirus pandemiyasi sabab mashg‘ulotlarni bekor qildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.
"Biz har kuni koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni tahlil qilib boryapmiz. Ammo hukumat qaroriga ko‘ra mazkur infektsiyaning tarqalishini oldini olish maqsadida birinchi jamoa, ayollar jamoasi va akademiya futbolchilarining jamoaviy mashg‘ulotlari bekor qilindi. Endilikda ular klubda emas, yakka holda shug‘ullanishadi", - deyiladi klub bayonotida.

Fikrlar