"Manchester Yunayted" Mataga yangi shartnoma taklif qildi

  • 2 may, 2019, 20:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Xuan Matani tarkibda saqlab qolmoqchi.

Tecno

Manchester Evening News nashri tarqatgan xabarga qaraganda “qizil iblislar” 31 yoshli ispaniyalik futbolchiga 2020 yilga qadar tuzilgan yangi shartnoma taklif qilishdi. Qayd etish lozimki, ushbu kelishuv tomonlar roziligi bilan keyinchalik yana bir yilga uzaytirilishi ham mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Mataning MYu bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi. Unga ayni damda “Barselona”dan qiziqishlar bor.

Ma’lumot uchun, Xuan Mata joriy mavsum "Manchester Yunayted" safida jami 31ta o‘yinda maydonga tushdi va 6ta gol hamda 4ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!