“Manchester Yunayted” qimmatbaho yulduzdan qutilish uchun qo‘shimcha o‘yinga tayyor
“Manchester Yunayted” uchun mavsumni muvaffaqiyatli o‘tdi, deb bo‘lmaydi. Klub mutasaddilari yozda bosh murabbiy va tarkib masalasini hal qilishiga to‘g‘ri keladi.
Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, manchesterliklar katta maosh olayotgan lekin kutilgan foydani bermagan o‘yinchilardan voz kechishga qaror qilgan.
Yozda ketishi kerak bo‘lganlardan biri Kazemiro. Klub uni 2022 yili yozda “Real”dan 60 million evroga sotib olgandi. Jamoa etakchisiga aylanishi kutilgan yulduz qisqa fursatda formasini yo‘qotib qo‘ydi.
Endi uni arab jamoalariga o‘tkazishmoqchi. “Manchester Yunayted” bu transfer orqali Saudiya Arabistoni klublari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlab olishni ko‘zlayapti. Ana shu maqsadda, Kazemironi transfer qilgan arab klubi bilan o‘rtoqlik uchrashuv o‘tkazish ham rejalashtirilgan.
Kazemironing o‘zi ham Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tib, moliyaviy imkoniyatlarini yanada yaxshilab olishga qarshi emas.
Fikrlar