«Manchester Yunayted» qishda Germaniya terma jamoasi yarimhimoyachisini sotib olmoqchi

  • 08.09.2026 14:54
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Yunayted» rahbariyati qishki transfer oynasida dortmundlik «Borussiya» va Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Feliks Nmechani o‘z safida ko‘rishga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

 

Daily Express nashri xabar berishicha, «qizil shaytonlar» 25 yoshli nemis futbolchisining transferi bo‘yicha qishda «Borussiya» bilan kelishuvga erishishni rejalashtirgan. Dortmund klubi esa Germaniya terma jamoasi a’zosi uchun taxminan 100 million yevro atrofida mablag‘ ishlab olishni ko‘zlamoqda. Manbalarga ko‘ra, Nmechaga faqat «Manchester Yunayted» emas, balki «Manchester Siti» va «Nyukasl» ham da’vogarlik qilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Feliks Nmecha Germaniya chempionatida «Borussiya» tarkibida 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!