"Manchester Yunayted" qiziqish bildirayotgan Verner Londonga qaytadigan bo‘ldi

  • 6 yanvar, 2024, 15:15
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Leyptsig" a’zosi Timo Verner APLga qaytish arafasida. "Tottenxem" uni mavsum so‘nggiga qadar ijaraga olish bo‘yicha nemislar bilan muzokaralar olib bormoqda va kelishuvga erishish arafasida, deya xabar berdi "Sky Sports" nashri. 

Ma’lum bo‘lishicha, hujumchi Londonga yo‘l olishga tayyor va tez orada "shporlar" tarkibiga borib qo‘shilishi kutilmoqda. Tomonlar muzokaralarning so‘nggi bosqichini boshlagan. 

Vernerga oldinroq "Manchester Yunayted" qiziqish bildirayotgandi, lekin "qizil iblislar" taklif bilan chiqmadi. Futbolchi esa anchadan buyon jamoasini tark etishni istayotgandi. 

Eslatib o‘tamiz, Timoga APL begona emas. U 2020-2022 yillar davomida "Chelsi" safida to‘p tepgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!