“Manchester Yunayted” "qochoq" futbolchilarga ortga qaytishni buyurdi

  • 6 may, 2020, 15:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” klubi karantin paytida o‘z yurtlariga jo‘nab ketgan futbolchilarga Angliyaga qaytishga buyurdi. Bu haqda The Times nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Unga ko‘ra, “qizil iblislar”ning qachon mashg‘ulot boshlashi hozircha noma’lum bo‘lsada, rahbariyat barcha futbolchilar Manchesterda bo‘lishlarini xohlamoqda.

APLda mavsum 13 mart sanasida to‘xtatilgan va shundan keyin Brunu Fernandesh, Fred, Viktor Lindelef va Serxio Romero kabi futbolchilar o‘z vataniga jo‘nab ketishgan edi. Ular orasidan hozircha faqatgina Fred Manchesterga qaytib kelgan xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!