"Manchester Yunayted" Sanchoning narxini belgilab qo‘ydi

  • 22.09.2023 17:25
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" qishki transferlar oynasida yarim himoyachi Jeydon Sanchoni sotishga qaror qildi. Jurnalist Ekrem Qo‘ng‘irning xabar berishicha, mankunianliklar futbolchining transferi uchun tovon puli miqdori haqida qaror qabul qilishgan.

“Qizil iblislar” rahbariyati futbolchini sotishdan 50-60 million evro ishlab olmoqchi. Jeydonga Angliya, Germaniya va Italiya chempionatlari klublari qiziqish bildirmoqda.

"Manchester Yunayted" Sanchoni Dortmundning "Borussiya"sidan 85 million evro evaziga sotib olgandi.

Futbolchi yaqinda murabbiy Erik ten Xag bilan kelishmovchiliklar tufayli asosiy tarkibdan chetlashtirilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!